2023-yilning 1-2-mart kunlari Toshkent shahrida “Qishloq xo‘jaligini raqamli transformatsiya qilish uchun tuproqni tayyorlash” milliy loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu loyiha – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini bilim, innovatsiyalar va raqamlashtirish orqali o‘zgartirish” mavzusida o‘tkazilgan seminarda Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) direktori Alisher Shukurov va vazirlik mas’ul xodimlari, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov va FAO mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi milliy va xalqaro ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘tkazilayotgan seminar ishtirokchilarga yurtimiz qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, agrar sohani raqamlashtirish borasida olib borilayotgan samarali ishlarning bugungi holati bilan yaqindan tanishish va boshqa mamlakatlar tajribasidan foydalanish imkonini beradi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAOning bilim, innovatsiyalar va raqamlashtirish bo‘yicha loyihasini rasmiy ishga tushirishdan iborat.
Ikki sessiyadan iborat boʻlgan seminarning birinchi kuni Oʻzbekiston uchun qishloq xoʻjaligi bilimlari va innovatsiyalar tizimining milliy muvofiqlashtiruvchi platformasini ishga tushirishga bagʻishlandi. Ishtirokchilar ushbu mavzu bo‘yicha o‘z taqdimotlarini taqdim etdilar.
– Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar va izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohani innovatsiyalarsiz, bilimlarsiz rivojlantirish mumkin emas. Buni qator keng ko‘lamli tahlillar va tadqiqotlar tasdiqlaydi. Bilim va innovatsiyalar tizimi xalqaro moliya institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligimizning ajralmas qismidir, – dedi Alisher Shukurov o‘z nutqida.
Qishloq xo’jaligi innovatsiyasi bozorga kirish, kredit yoki maslahat xizmatlaridan mahsulot marketingigacha bo’lgan turli xil ijtimoiy, tashkiliy yoki institutsional jarayonlarni o’z ichiga oladi.
2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning Milliy strategiyasiga muvofiq O‘zbekiston agro-oziq-ovqat bilimlari va innovatsion tizimi (AKIS) integratsiyalashgan yaxlit tizimni rivojlantirish uchun ko‘maklashishga qaratilgan.
“Daladan dasturxongacha” maqsadli agro-oziq-ovqat qiymat zanjirlarining joriy va kelajakdagi talablari va ehtiyojlariga javob beradigan xizmatlarni rivojlantirish kerak.
Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: