Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan «Yevroasiya Transportation&Logistiks Companiy» XK Transport-logistika markazi 2022-yilning mart oyida ishga tushirilgan. Ushbu logistika markazi Xo‘jaobod tumanida Qirg‘iz Respublikasi bilan chegaradosh “Do‘stlik” chegara punktining yonida joylashgan.
Loyihaning umumiy qiymati 73,1 mlrd so‘mga teng. Xorijiy investor ham ushbu logistika markaziga 8,5 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan. 100 ta ish o‘rniga ega bo‘lishi rejalashtirilgan loyihani yanada kengaytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Bu yerda transport va oziq-ovqat logistikasi barpo etilgan. Ushbu chegara punktida Qirg‘iz Respublikasidan kirib kelayotgan barcha mahsulotlar davlat sherikchiligi asosidagi xususiy bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng, mamlakatimizga kiritiladi. Ushbu chegara punktining afzalligi tadbirkor mamlakatimizga olib kirayotgan mahsulotini ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymasdan, vaqtni va mablag‘ni tejagan holda amalga oshiradi. Eng muhimi, buni chetdan mahsulot olib keladigan tadbirkorning o‘zi hech bir ovvoragarchiliksiz bajaradi. Shuningdek, bu yerda transport logistika qismida mahsulotni olib kirgan va olib chiqishga mo‘ljallangan yuk mashinalari uchun avtoturargoh tashkil etilgan. Shuningdek, qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mehmonxonalar va boshqa dam olish maskanlari qurish rejalashtirilgan.
Logistika tarmog‘ining qishloq xo‘jaligida ahamiyati katta. Ushbu logistika markazi faoliyati bilan videolavhamiz orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: