2023-yilning 21-23-fevral kunlari Samarqandda “AGROPRO EXPO-2023” Хalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmaning ochilishi haqida avvalroq, xabar berilgandi.
Tadbirda 150 dan ortiq kompaniya va korxona ishtirok etib, 2 000 dan ortiq mahsulot va xizmatlarini taqdim etishdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi va qayta ishlovchi 50 tadan ortiq korxona, 100 taga yaqin urug‘chilik va ko‘chatchilik xo‘jaliklari, 40 tadan ortiq chorva va chorvachilik mahsulotlari bilan qatnashishdi.
Ko‘rgazma pavilyonida mehmonlar ko‘pgina eksponatlar bilan tanishdilar, jumladan:
Bundan tashqari, O‘zbekiston, Pokiston, Ukraina, Belarus va Qozog‘istondan tashrif buyurgan qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari ishtirokida panel sessiyalari tashkil etildi.
Ularda agrar sohadagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi, xususan, agrologistikaga oid muhokamalar ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, eksport masalalari va ushbu agrar yo‘nalishni rivojlantirish usullari muhokama qilindi.
Panel sessiya ishtirokchilari sohadagi muammolar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida fikr-mulohazalar almashishdi.
Roman Salomatov, “Red Pack va Roma‘s” asoschisi:
– 28 yildan beri eksport yo‘nalishi bilan shug‘ullanaman. O‘zbekiston Yevropa mamlakatlariga oz miqdorda mahsulot eksport qiladi. Biz Yevropaga faqat qovun, ko‘kat va karam mahsulotlarini yetkazib beramiz. Boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish hajmini oshirishimiz kerak. Nega Yevropa bizdan kamroq oziq-ovqat import qiladi? Sababi, mahsulotlarimizning narxi yuqori. Bu yerda muammo yer va o‘g‘itlarning qimmatligi, texnika yetishmasligida, deb hisoblayman. O‘zbekistonda dehqon va fermerlar tomonidan yig‘ilgan mahsulotlar bog‘ning o‘zida qadoqlanadi. Bunday qilish esa noto‘g‘ri. Mevalarni terib bo‘lgach, ular tezda sovutilishi kerak. Saralash, tasniflash va qadoqlash jarayonlari sovutgichlarda amalga oshirilishi kerak.
Baʼzida eksportga mo‘ljallangan yuk mashinalari bojxonada kunlab turishini ko‘ramiz. Kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligi uchun agrologistikani rivojlantirish kerak.
O‘z navbatida “Vesagro va oltin urug‘” kompaniyasi asoschisi O‘rmonali Usmonov quyidagilarni qayd etdi:
— Avvalo, fermerlarga agrobiznes nima ekanligini tushuntira olishimiz kerak. Mahsulotlarni saqlashni bilmaslik tufayli ularni yaroqsiz holga kelishiga olib keladi. Bugun qishloq xo‘jaligiga ilm-fanni yo‘naltirsak, meva-sabzavotlarni yig‘ish, saqlash, sotish bo‘yicha qo‘shimcha qiymat zanjiri shakllantirilib, har gektardan 25-30 ming AQSh dollari miqdorida daromad olish imkoniga ega bo‘lamiz.
Panel sessiyalarda spikerlarga tinglovchilar, jumladan, klasterlar, fermer xo‘jaliklari, quyi tashkilotlar vakillari, blogerlar, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Keyinroq bu yerda B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.
Samarqand ko‘rgazmasi qishloq xo‘jaligi sohasi salohiyatining faqat bir qismini namoyish etdi, xolos. U bozor kon‘yunkturasi haqidagi bilimlarni kengaytirishga hissa qo‘shdi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini targ‘ib qilishda samarali maydonga aylandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: