“Soyadagi siyosatchilar” kanalida “Kuzgi shudgorlash ishlari yakuniga yetkazilganmidi?” sarlavhasi ostida berilgan ma’lumotni Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rganib chiqdi. Holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Andijon viloyati Bo‘ston tumani Ulug‘bek massivi “Mustaqillik 15 yilligi” MFY “Katta yo‘l” mahallasi hududida joylashgan 6.5 gektar sabzavotchilik yo‘nalishidagi yer maydonini 2022-yil 8-avgust kungi “Elektron-onlayn auksion” natijalari to‘g‘risidagi №YU 096-483020 sonli Bayonnomasiga asosan fuqaro Abdullaev Maxmudbek 3.6 gektarni hamda “Elektron-onlayn auksion” natijalari to‘g‘risidagi №YU 096-483001 sonli Bayonnomasiga asosan fuqaro Muxammadjonov Abdug‘affor 3.4 gektar yer maydonlarini yutib olgan.
Auksion tanlovlari o‘tkazilgan kunga qadar ushbu yer maydoni bo‘sh qolmasligi uchun yonida joylashgan fermer xo‘jaligiga biriktirib berilib, paxta ekini ekilgan.
Paxta ekini yig‘ishtirib olingandan so‘ng kuz oylarida ob-havo noqulay kelib, surunkali yomg‘ir yog‘ishi hisobiga g‘o‘zapoyadan tozalab, shudgorlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganligi ma’lum qilinadi.
Bugungi kunda tanlov g‘oliblari chaqirtirilib, barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda yer maydonini g‘o‘zapoyadan tozalash, shudgorlash va sabzavot ekinlarini ekish uchun yerni tayyorlashga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: