O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Qishloq xo‘jaligi ilm-fani va amaliyotining uyg‘unligida xotin-qizlarning roli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS), Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston “OLIMA” xotin-qizlar uyushmasi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Unda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, magistrlari, agrar sohadagi yetakchi olim va tadqiqotchilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – agrar sohada ilmiy izlanishlar olib borib, uning rivojiga hissa qo‘shayotgan, tashabbuskor olimalarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iborat.
Uchrashuvda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti professori Malohat Xalikova tarixda ilm-fan rivojida olima ayollarning o‘rni qay darajada bo‘lganligi xususida o‘z fikrlarini bildirdi. Toshkent davlat agrar universitetining professori Go‘zal Xolmurodova turli ekin turlarining seleksiyasi va urug‘chiligi borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning samarasi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligi sohasida eng yaxshi ilmiy natijalarga erishgan yosh olimalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: