Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti va Islom Karimov nomidagi TDTU rahbariyati hamda doktorantlar, magistrlar va bakalavrlar ishtirok etdilar.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuhrat Azizov institut olimlari tomonidan paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, chorvachilik, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun yaratilgan yangi mashinalar va ularni “Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri”da sanoat usulida ishlab chiqarishning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.
Suhbat davomida tayanch doktorantlar hamda iqtidorli talabalar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar tinglandi. Doktorantlar tomonidan yaratilayotgan yangi ishlanmalarning dala sinov-tajribalarini QXMITI tajriba xo‘jaligida o‘tkazish, olimlarni o‘quv jarayonlariga jalb qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun yuqori unumli, puxta, hamyonbop va raqamli boshqariladigan yangi texnika namunalarini yaratish, yangi mashinalarning ilk namunalarini dala sinovlaridan o‘tkazish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda marketing mexanizmlaridan keng foydalanish, fan va texnika yutuqlarini isteʼmolchilarga tez yetkazish maqsadida hududiy dala ko‘rgazmalari, o‘quv seminarlarini tashkil etish taʼkidlab o‘tildi.
Shuningdek, yosh olimlarga alohida eʼtibor qaratish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: