Bahor eshik qoqmoqda. Bu iborani turli soha vakillari o‘z talqinida tushunishi bor gap. Ammo qishloq xo‘jaligi uchun har bir kun bu – imkoniyatlarni to‘g‘ri safarbar qilish va hosil yetishitirishdagi yangiliklarni o‘z vaqtida joriy etish bilan asoslantiriladi. Demak, bahoriy yumushlarga ayni kunlarda kirishilgani bejiz emas. Yurtimizning barcha go‘shalarida bu boradagi ishlar boshlab yuborilgani rost. Galdagi vazifa – joylardagi imkoniyat va salohiyatni to‘g‘ri hisoblab, chamasini aniq olish. Qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi mas’ullar ham ayni vazifani bajarish maqsadida viloyatlarga safarini boshlashdi. Birinchi manzil Jizzah viloyati qilib belgilandi. Ochig‘i, mazkur viloyatning qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlari yuqori. Ammo hamma vaqt ham buni to‘g‘ri taqsim qiilib, yetarlicha imkoniyatlar ishga solinmayotgani bor gap.
Mana shu shlarni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida Aziz Voitov qator tuman va xo‘jaliklardagi tanishuvlarni amalga oshirishni boshladi. 2023-yilning 13-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan edi. Ayni paytda vazir viloyatning bir qator tumanlaridagi agrar soha obyektlari faoliyati bilan tanishmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyatning qishloq xo‘jaligi sohasida hali foydalanilmagan imkoniyatlarini o‘rganish, ularni ishga solish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Dastlab, Aziz Voitov “Jizzax Organic” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda jamiyatning 3 ming 560 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, bu yerda 10 ming bosh yirik shoxli qoramol boqilmoqda. Jamiyatda 1 000 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. “Jizzax Organic” da ish to‘liq quvvatga o‘tkazilgach, nafaqat ishlab chiqarilgan sut va go‘sht hajmining sezilarli darajada ko‘payishiga, balki respublikada zotdor qoramollar sonining ko‘payishiga yordam berishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Aziz Voitov Sh.Rashidov tumanida fermerlar, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari bilan uchrashdi. Yig‘ilishda ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratish, bu orqali yoshlarning bandligini ta’minlashhamda fermer xo‘jaliklari va klasterlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: