Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universtitetida o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh kadrlarning turli raqamli xizmatlar bo‘yicha ham bilimini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zarur muhitni yaratishdan iborat.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» DM kadrlar va ular malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i Feruza Safarova, universitetning raqamlashtirish markazi boshlig‘i Ulug‘bek Berdanov, t.f.PhD Sarvar Mahmudjonov, t.f.PhD Alisher Berdiyev hamda o‘z loyihalari ustida ish olib borayotgan talabalar ishtirok etdilar.
Dastlab, talabalar Raqamlashtirish markazi tomonidan ishga tushirilgan “Smart Campus”, “Agro Platforma”, “E-ijara”, “GIS” loyihalari afzalliklari, ishlash prinsipi bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida ishtirokchi talabalar raqamlashtirish bo‘yicha o‘z loyihalari va olib borayotgan ilmiy ishlari haqida ham soha mutaxassislari bilan fikr almashishdi.
Aytish joizki, qishloq xo‘jaligi kelajagi agrar sohaning barcha tarmoqlariga joriy etilishi rejalashtirilgan va jadal rivojlanish uchun eng yaxshi istiqbollarini ochadigan raqamli texnologiyalarga ko‘p jihatdan bog‘liq. «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» DM bazasida sohaning muammolarini o‘rganishga imkon beradigan chat-botlarni yaratish borasidagi ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha turli start – up loyihalarni ishga tushirish, taʼlimni boshqarishning axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish hamda agrarchilarning yosh avlodini raqamli texnologiyalar va platforma yechimlarini joriy etish jarayoniga jalb etishga yordam beradigan bir qator boshqa loyihalarni yaratish ham rejalashtirilgan.
Tadbir so‘ngida «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» DM vakillari va talabalar amaliyot o‘tash hamda start-up loyihalari yuzasidan ma’lumotlar almashishga kelishgib oldilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: