Ko‘plab foydali vitamin va ozuqa moddalarni o‘zida jamlagan shirin, mazali, xushbo‘y shaftoli – butun dunyoda mashhur meva.
Qadim zamonlardan beri u «yoshlik eliksiri» hisoblangan, chunki uning tarkibidagi karotin, marganets, magniy, kaliy va fosfor barcha tana tizimlarining hujayralarini tiklashga, immunitetni oshirishga va metabolizmni yaxshilashga yordam beradi.
Shaftoli daraxti atirgullar oilasiga mansub. Odatda kichik hajmda o‘sadi – balandligi 4 metrgacha.
Daraxtning ildiz tizimi katta emas. Shoxlari esa keng yoyilgan. Tanasining po‘stlog‘i och kulrang, barglari cho‘zinchoq va uchli. Shaftoli daraxtining mevalari uch xil:
Har bir mevada unib chiqishi mumkin bo‘lgan urug‘i bor. Daraxt gullari oq yoki pushti rangga ega. Shaftoli o‘zaro changlanadi, shuning uchun unga yaqin joyda sherik daraxt ekish kerak. Ko‘chat ekilgandan 3-4 yil o‘tgach hosilga kiradi va 20 yilgacha davom etadi. U issiqlikni va namlikni yaxshi ko‘radi.
Infografikamizda O‘zbekistondagi shaftoli bog‘lari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston bo‘yicha jami 1 980 ta fermer xo‘jaligining jami 19 878 ga maydonda shaftoli bog‘lari barpo etilgan bo‘lib, shundan 5 514 gektarini yangi barpo etilgan bog‘lar hisoblanadi.
2023-yilda 14 364 gektardan 226 160 tonna hosil olish rejalashtirilgan.
2022-yilda 13656 gektar maydondan 94894 tonna hosil olingan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: