2023-yilning 30-yanvaridan 3-fevraliga qadar Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida O‘zbekiston yosh iqtisodchi-tadqiqotchilari uchun amaliy ekonometrik tahlil bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Besh kunlik kurs tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti (IFPRI), Qurg‘oqchil yerlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), Suv resurslari xalqaro tadqiqot instituti (IWMI) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU).
Kursning maqsadi O‘zbekistondagi yosh iqtisodchi tadqiqotchilarning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ekonometrik tahlil qilish uchun tadqiqot olib borish salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, qishloq-oziq-ovqat sektori va yaqin hududlarda ishonchli, amaliy tadqiqotlar va ta’sirlarni baholashni o’tkazish bo‘yicha salohiyatini oshirish.
Bunda tadqiqotlar miqdoriy ma’lumotlarni tahlil qilish usullaridan foydalangan holda olib boriladi
Kurs davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
Darslarda STATA va R kabi ilg‘or statistik paketlardan foydalangan holda amaliy va empirik tahlillar qollanildi. Ma’ruzalar turli manbalardan olingan real ma’lumotlardan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotlar bilan birga olib borildi. Kurs iqtisodiyot va agrooziq-ovqat sektorini rivojlantirish sohasida zamonaviy amaliy tadqiqotlar tajribasiga ega IFPRI katta ilmiy xodimlari va TXVU professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.
Kurs ishtirokchilari saralash tanlovidan o‘tgan O‘zbekistonning yosh olimlari (35 yosh va undan kichik) edilar.
Treningning yakuniy kunida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi, unda kursning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: