Sirdaryo viloyatida “Agrosubsidiya” axborot tizimi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish, “Geoaxborot” tizimi – qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, holatini o‘rganish va monitoring qilish, “E-ijara” – qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tizimlarini hududlarda joriy etish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Unda viloyat tumanlari hokimliklari, tashkilotlar vakillari, fermer va klasterlar ishtirok etdilar. Seminarni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Fozil Teshayev, Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobomurod Maqsudov, Yer axborot bazasini yaratish shoʻbasi mudiri Bahrom Matkomilov va Agrosanoatni raqamlashtirish markazi mutaxassisi O‘tkirbek Qosimov o‘tkazdilar.
Undan ko‘zlangan maqsad respublikamiz viloyatlarida agrar sohada axborot tizimlarini keng joriy etish, tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, soha vakillarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
O‘quv-seminar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham davom etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: