2023-yil 31-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Italiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminar mavzusi: “Agrooziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarining iqlimga yo‘naltirilgan tizimini rivojlantirish”.
Tadbir onlayn va oflayn formatlarda o’tkazildi.
Unda Italiya qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlari (ITI) va ularning hududlardagi ilmiy-tajriba stansiyalari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazlari (AKIS), manfaatdor idoralar, fermer xo‘jaliklari, klasterlar, xususiy sektor vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston fermerlarini Yevropa Ittifoqining innovatsion guruhlar faoliyati bo‘yicha tajribasi va bilimlari bilan tanishtirishdan iborat.
Italiyaning yetakchi milliy tadqiqot instituti – Qishloq xo‘jaligi, agrosanoat, baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi va iqtisodiyot sohalarida tajribaga ega bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) vakillari ishtirokchilarni qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishtirdi.
CREA vakillari O‘zbekistonda Innovatsion guruhlar faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor.
Seminar ishtirokchilariga quyidagi mavzularda taqdimotlar taqdim etildi:
(Ma’ruzachi Mara Lai, CREA Kengashi vakili).
(Simone Kristianoning onlayn taqdimoti).
(Ma’ruzachi Eligio Malusa, CREA xodimi).
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ustuvor vazifa bo‘lib, bugungi uchrashuv O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning mantiqiy davomidir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sanjar Odilov.
Seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar “Paxtachilik”, “Bog‘dorchilik va sabzavotchilik”, “Chorvachilik va baliqchilik”, “Don va dukkakli ekinlar” hamda “O‘simliklar monitoringini raqamlashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni aniqlash, ularni mutaxassislar bilan muhokama qilishdi va yechimini aniqlashdi.
“Innovatsion guruhlarning asosiy maqsadi ilm-fan, tadqiqot, xizmat ko‘rsatish tizimlari va ishlab chiqarishni integratsiyalashgan holda qishloq xo‘jaligi imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish va mavjud muammolarni hal etishdan iborat. Bu hududlarning iqlimi va sharoitiga mos keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkonini beradi, – deydi BMT Taraqqiyot dasturi Milliy loyihalar koordinatori Ulug‘bek Islomov.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: