2023-yilning 29-yanvaridan 4-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) ekspertlari O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Italiya milliy tadqiqot muassasasi – qishloq xo‘jaligi, agrosanoat, baliqchilik, o‘rmon xo‘jaligi va iqtisodiyot bo‘yicha tajribaga ega bo‘lib, operativ va innovatsion guruhlarni yaratish hamda rivojlantirish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatuvchi yetakchi tashkilotdir.
Tashrif Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “Agrooziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarining “iqlimga mos” tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Italiyalik ekspertlar O‘zbekistonning tajriba hududlarida loyihalarni amalga oshirish uchun innovatsion guruhlarni yaratish va faoliyat yuritish bo‘yicha mahalliy institut va muassasalarning bilim va salohiyatini oshirishga yordam beradilar.
Ushbu guruhlar iqlim o‘zgarishi asoratlarini yumshatish va moslashtirish choralarini qo‘llash va agrooziq-ovqat sektorida “yashil” o‘tishni tezlashtirishga qaratilgan.
Tashrif davomida tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari, fan, taʼlim sohasi vakillari, shuningdek, fermerlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun oʻquv seminari oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, vazirlik va idoralar, xususiy sektor va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: