O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasining joriy etilishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent davlat agrar universitetining 6 538 ta nomzodi orasidan 12 nafari, Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetining 156 nafar nomzodidan 3 nafari tanlovning yakuniy bosqichida o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi.
Ushbu stipendiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning 2022-yilda talaba yoshlar bilan uchrashuvidagi yoshlarning takliflarini amalga oshirish maqsadida joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 311-sonli buyrug‘i bilan vazirlik stipendiyasi nizomi, tanlov komissiyasi tarkibi va ishtirokchilarni baholash mezonlari tasdiqlangan.
Qishloq xo‘jaligida biogaz, muqobil energiyadan foydalanish, yashil iqtisodiyot va agroturizm, raqamli taʼlim platformasi, fermer ayollarning bilim va tajribasini xalqaro miqyosda oshirish, dronlar yordamida yer maydonidagi zararkunandalarni skanerlash, agrar sohada tahsil olayotgan talabalarning amaliyoti va ishga joylashishini shakllantiruvchi raqamli platforma—bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasiga nomzod bo‘lgan talaba yoshlarning loyihalarida aks etdi.
Tanlov jarayonlari davom etmoqda. Ertaga tanlovning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi hududiy oliy taʼlim muassasalaridan ko‘rsatilgan nomzodlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Tanlov yakuni va O‘zbekiston Respublikasi Qishlqo xo‘jaligi vazirligi stipendiyasi sohiblari to‘g‘risida keyingi maqolamizda yoritamiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: