O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti mutaxassislari, vazirlik hamda FAOning Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tomonlar dunyoda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishi, yerlar degradatsiyasining oldini olish va unga qarshi kurashish, tuproq unumdorligini saqlash, bioxilma xillikni asrash, yerlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq mavzularni muhokama qildilar.
Shuningdek, uchrashuvda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida tuproqni o‘rganish laboratoriyasini zamonaviylashtirish, sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish, hamkorlikda yangi loyihalar ustida ishlash va ularning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: