Respublikamizda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirishni yangi bosqichga olib chiqish, sifatli va kafolatlangan urug‘liklar ishlab chiqarishni kengaytirish, sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan.
Paxta urug‘chiligini tubdan modernizatsiya qilish, sifatli va raqobatbardosh urug‘liklar ishlab chiqarishni kengaytirish, maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan tuproq unumdorligi yuqori, suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ekin yerlardan 100 ming gektar urug‘lik paxta yetishtirishga hamda 13,4 ming gektar sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urug‘liklarni yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
Mazkur qarorga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari qabul qilinib, ixtisoslashtirilgan hududlar va subyektlar ro‘yxati shakllantirildi.
Shu ma’noda, har bir tumanda urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan hududlardan chiqmagan holda, uch yil muddatga paxta, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli, ozuqa va boshqa ekinlar urug‘liklarini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tanlab olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 641-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomda “Urug‘lik paxta xomashyosi va boshqa urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish uchun” joriy yilning 15-yanvaridan 5-fevraligacha tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: