O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda vazirlikning tegishli boshqarmalari, Statistika agentligi, ASK Facility loyihasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va taqdiqotlar xalqaro markazining rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbirda idoralararo ishchi guruhining 2023-yil uchun ish rejasi loyihasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining ASK Facility dasturi tomonidan taklif etilgan agrar oziq-ovqat statistikasi bo‘yicha ekspertning taqdimoti va qator yangi axborot tizimlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq vazifalar va takliflar muhokama qilindi.
Xorijiy ekspert Piter Pauli qishloq xo‘jaligida aniq statistik maʼlumotlarni shakllantirish va tahlil qilish bo‘yicha o‘zining tajribasi va qarashlarini aytib o‘tdi hamda raqamlashtirish yo‘nalishida sohada olib borilayotgan ishlanmalarni yuqori baholab, turli idoralardagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish jarayonlaridagi xatoliklarni oldini olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar:
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladigan kelgusi reja va vazifalar belgilab olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: