Kompost – bu organik o‘g‘it. U maxsus mikroorganizmlar tomonidan organik moddalarni qayta ishlash natijasida olinadi.
Kompost har qanday tuproqlar va ekinlar uchun to’g’ri keladi. Ekinni ekishdan oldin, tuproqni og’itlash lozim. Kompost ildiz tizimini kuydirib qo’ymaydi, shuning uchun aniq dozalar (miqdor) belgilanmagan. Biroq sof shaklda ushbu massadan foydalanilmaydi, faqat tuproq bilan aralashtiriladi. Kompost bilan o‘g‘itlash ob-havo sovuq bo‘lgan paytda juda foydali. Sababi parchalanish davrida kompost issiqlik chiqaradi va o‘simliklarni isitadi.
Kompostlash nafaqat uzilgan yoki yangi o‘rilgan yashil massadan xalos bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat, balki undan yuqori sifatli tabiiy o‘g‘it olish usulidir. U tuproqdagi gumin moddalarini tiklaydi, tuproq tarkibini yaxshilaydi.
Yuqori sifatli kompost olish uchun o‘tlar, shuningdek, boshqa komponentlarni ham ishlatish, ularni to‘g‘ri joylashtirish kerak.
Dala va bog’larda olib borilgan ishlar natijasidagi yashil qoldiqlarni kompost qiling va unumdor tuproqni boyiting. Kompost kimyoviy o‘g‘itlarga tabiiy muqobildir.
Kompost tayyorlash bo‘yicha maslahatlar:
Komposter uchun to‘g‘ri joyni tanlang: qisman soyali, ochiq havoda.
Ochiq yoki yopiq (xohishingizga qarab) komposterni tanlang.
Muvozanatli kompost uyumida yashil va jigarrang tarkiblining muqobil qatlamlarini navbat bilan tashkil qiling. «Jigarrang» chiqindilar (xazonrezak tushgan barglar, shoxlar) kompostning uglerod miqdorini tashkil etishga xizmat qiladi va «yashil» chiqindilar (o‘t parchalari, meva va sabzavotlar chiqindilari, qahva quyqasi) azotning miqdorini tashkil etishga xizmat qiladi.
Aralashtiring. Bu kompostning tezroq tayyor bo’lishiga yordam beradi. Mahsulot qanchalik yaxshi aralashsa, kompost shunchalik oson va tez pishadi. Nam oshxona chiqindilarini quruq barglar yoki pichan bilan aralashtiring. Yirik chiqindilarni kichikroqlari bilan aralashtiring. Kompost qatlamlari sug‘orishga muhtoj bo’ladi. Suv organik moddalarni parchalashga yordam beradi, shuning uchun kompostingiz nam (o’ta ho’l emas) ekanligiga ishonch hosil qiling.
Havo bering. Kompost shakllanishi uchun yaxshi shamollatish juda muhimdir. Xususiy uylarda, odatda, har oyda bir marta kompostni aralashtirish kifoya.
Yangi o’rilgan o‘tlar, kuzgi barglar juda ko‘p namlikni o‘z ichiga oladi. Ularni kompostga qo‘yishdan oldin quriting, aks holda ular kompost orqali havo o‘tishini to‘sib qo‘yishi mumkin va bu yoqimsiz hid paydo bo’lishiga olib keladi.
Kompostni bir xil to’q massaga – gumusga to‘liq aylantirish uchun 3 oydan 2 yilgacha vaqt ketadi. Bularning barchasi ishlatilgan chiqindilarga va aralashtirishga bog‘liq. O‘rtacha 1 yil. Kichkina yangi o’rib olingan o’tlar to‘g’ri kompostlangan bo‘lsa, 5 oy davom etadi. Ya‘ni, may oyida maysazor bilan kesilgan o‘t kuzda kompost sifatida ishlatilishi mumkin.
Kompostlash uchun qanday chiqindilar mos keladi?
O‘simliklarning qoldiqlari, barglari
Maydalangan novdalar
Somon
Yog‘och chiplari, qatlamlari, payrahalar
Sovutilgan yog‘och kuli
Sabzavot va mevalarnining po’stlog’lari (sitrus mevalarnikidan tashqari)
Tuxum po‘chog’i, qahva quyqasi, choy barglari
Qog‘oz salfetkalar, maydalangan qog‘oz
Torf, go‘ng, qushlarning axlati
Nimani kompost qilmaslik kerak?
Katta yog‘och chiqindilari
Suyaklar, go‘sht, baliq qoldiqlari
Mangaldan hosil bo’lgan ko‘mir kuli
Qalin qatlamli qog‘oz, gazetalar, rangli bosma jurnallar
Sutli mahsulotlar
Sitrus mevalar po’stlog’i
Tamaki qoldiqlari
Urug‘li begona o‘tlar, kasal o‘simliklar
Parchalanmaydigan chiqindilar: shisha, plastmassa, kauchuk, teri (koja), qurilish chiqindilari.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: