O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga mos, kasallik va zararkunandalarga chidamli, serhosil hamda mahsulot sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarni sinovdan o‘tkazmoqda, jumladan:
– 2022-yilda hududlardagi nav sinash stansiyalari va uchastkalarida sinovdan o‘tgan g‘o‘zaning yangi 85 ta navlaridan terib olingan paxta namunalarini tola sifati ko‘rsatkichlari o‘rganilmoqda. Bunda tola chiqimi, tola zichligi, metrik raqami, uzulish kuchi, solishtirma uzunligi, mikroneyri va 1000 dona chigit vazni bo‘yicha tahlil ko‘rsatkichlariga e‘tibor qaratiladi. Shuningdek, tahlil natijalaridan keng foydalangan holda, yangi g‘o‘za navlarini Davlat reestriga kiritish va ularni istiqbolligini belgilash amalga oshiriladi;
– Farg‘ona viloyatining “Vodil” nav sinash uchastkasining 2,5 gektar maydonida 50 ming dona malina ko‘chati ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida ko‘paytirilmoqda. Ushbu uchastkada bog‘ va davlat sinovi uchun olmaning xorijiy “Stark spur red”, “Voyinsep”, “Jorjkov”, “Red atlas” va “Leberti” navlari ko‘chatlari ekilib, ularning fenologik kuzatuvlari olib borilmoqda;
Surxondaryo viloyatining “Denov” mo‘tadil nav sinash uchastkasida sinov maqsadida ekilgan bodomning “Oq marvarid”, anorning “Surxon yulduzi”, “Navro‘z” hamda o‘rikning “Salovat” navlari parvarishlanmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: