O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida moyli o‘simliklarni qayta ishlovchi ekspluatatsiya xarajatlari kam, mustahkam uskunalar ishlab chiqaruvchi Amerikaning “Crown Iron Works” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va “Crown Iron Works” kompaniyasining savdo bo‘yicha direktori Greg Xayder respublikada kuniga 4000 tonna soyani qayta ishlaydigan yirik korxona yaratish g‘oyasini muhokama qildilar.
Loyihani moliyalashtirish uchun tomonlar kreditga layoqatlilikni oshirish vositasi bo‘lgan eksport kreditlarini kafolatlash dasturini (GSM-102) jalb qilish, AQSHdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga bozorlarga chiqish va sotishni ko‘paytirishga yordam berish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: