Bugun, 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va USAID ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘tgan yil davomida agrobiznesni rivojlantirish loyihalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini muhokama qildilar, shuningdek, 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarni belgilab oldilar.
Aziz Voitov qishloq xo‘jaligidagi tadbirkorlarning salohiyatini kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish zarurligini ta‘kidladi.
O‘z navbatida, Mikaela Meredit O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda USAID tomonidan mavjud loyihalar doirasida ko‘mak ko‘rsatishga hamda innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yayotgan tadbirkorlarga konsalting xizmati va moliyaviy yordam berish bilan bog‘liq ehtiyojlarga javob berishga tayyorligini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida, USAID ning “Agrobiznesni rivojlantirish” loyihasi besh yillik (2020-yil iyul – 2025-yil iyun) 18,9 million dollarlik loyiha bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, yig‘im-terimdan keyin qayta ishlash va uni sotishda yangi texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etish orqali agrobiznesning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: