10-15-yanvarda respublikamizda havo haroratining keskin sovib ketishi dalalardagi qishloq xo‘jaligi ekinlari va chorvachilikka qanday ta‘sir ko‘rsatadi? O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatimizdagi fermer xo‘jaliklari, bog‘bonlar, issiqxona va tomorqa yer egalariga o‘z tavsiyalarini berdi.
Kuzgi boshoqli don ekinining qishki sovuqqa chidamli bo‘lishi undagi to‘plash tugunining qanchalik chuqurligiga va boshqa omillarga bog‘liq. 2023-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini sovuqdan zararlanmasligi uchun quyidagi zarur chora-tadbirlarni ko‘rilishi maqsadga muvofiq:
kech ekilgan, ayniqsa, ayrim 1-2 barg holatida bo‘lgan g‘alla maydonlariga chirigan mahalliy o‘g‘it (go‘ng) sepish;
g‘o‘za qator oralariga ekilib, hozirgi kungacha g‘o‘zapoyalardan tozalanmagan maydonlarda g‘o‘zapoyadan tozalash ishlarini sovuq kunlar tugagunga qadar to‘xtatish;
elektr energiya cheklovlari bo‘lishini inobatga olib, nasos agregatlari va lotok tarmoqlarining muzlab yorilishini oldini olish uchun ulardan foydalanishni vaqtincha to‘xtatish;
sovuq taʼsirida g‘allaga zarar yetishi kuzatilgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mutasaddilari va olimlar ishtirokida shtablar tashkil etish.
Sabzavotchilik va poliz ekinlari. Hozirda respublikamiz dala yer maydonlarida asosan avgust-sentyabr piyozlari va sarimsoqpiyozlar ekilgan. Ushbu sabzavot ekinlarini keskin sovuqdan asrash uchun quyidagi tavsiyalarni qo‘llash lozim:
ekin maydonlarini ustini plyonka qoplamalari oddiy yoki duga usulda qoplash;
mahalliy chirigan go‘ng, sholi qipig‘i va apilka bilan mo‘lchalash;
somon yoki mayin xashaklar bilan o‘simlik ustini yopib chiqish kabi chora-tadbirlar.
Shu bilan birgalikda sabzavotlar ekilgan dala maydonini shamol oqimiga qarab olov yoqib tutatish ham foyda beradi.
To‘qsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, ko‘kat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlari urug‘lari hali yerdan unib chiqmagan va ularni sovuqdan zararlanish ehtimoli juda past darajada.
issiqxonalarda pomidor va bodring yetishtirishda inshootdagi havo harorati o‘simliklar uchun mos bo‘lishi lozim. Issiqxonada yetishtirilayotgan bodring harorat 0 0 darajaga tushib ketganda nobud bo‘ladi. Pomidorning esa +7 0 daraja haroratda ildiz tizimi, -1-2 0 daraja sovuqda esa o‘simlikning o‘zi nobud bo‘ladi;
issiqxonalarda isiriq va boshqa tutatish pohol yoki eskirgan texnik balonlarini yoqib tutatish natijasida ham 2-3 0 daraja issiqlik berish va ushlab turish mumkin.
Janubiy mintaqalarda sabzavot ekinlarini keskin sovuqdan ularni qanday himoyalash bo‘yicha tavsiyalar:
isitilmaydigan ko‘chatxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbirlaridan biri dugalar o‘rnatish, ustini polietilen plyonkasi bilan yopish, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish hamda atrofiga go‘ng aralash xashak, pоxol va shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish;
issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, shirin qalampir va baqlajon ko‘chatlarini issiqxonada tayyorlashni hamda bodring va poliz ekinlari urug‘larini ekishni vaqtinchalik to‘xtatib turish;
har bir dalada havo haroratini kuzatib, -10 darajaga tushishi bilan uyumlarni tutatish;
sovuq tushishing eng faol vaqti bu tonggi soat 3-5 oralig‘ida bo‘lib, aynan shu vaqtda o‘simlik sovuqdan zararlanadi, shu bois, hushyorlikni oshirish talab etiladi;
Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, karam va ko‘kat sabzavotlar kabi ekinlarga -2-3 0 daraja sovuq sezilarli taʼsir etmaydi.
Mevali bog‘ va uzumzorlar – mevali bog‘ va uzumzorlarda quyidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish orqali ularni sovuq urishdan himoyalash mumkin:
mevali bog‘ va tokzorlarning qator oralaridan sug‘orish ariqlari olib, sug‘orish, yaʼni yaxob suvi berish lozim. Sovuq vaqtida bog‘ va tokzorlarni qondirib sug‘orish natijasida suv harorati havo haroratidan yuqori bo‘lganligi uchun suv bug‘lari yer va daraxtlarning haroratini pasayishiga yo‘l qo‘ymaydi;
urug‘li meva bog‘larda shakl berish va kesish tadbirlarini sovuq haroratlar o‘tgunga qadar vaqtincha to‘xtatish;
ko‘milmay qolgan tok tuplari, anor va anjir butalarini sovuqdan saqlash uchun zudlik bilan хashaklar va sholi poyalar bilan yopish yoki tuproq bilan ko‘mish;
xurmo daraxtlari tanalarini va shox-shabbalarini xashak, quruq makka va sholi poyalari hamda boshqa narsalar bilan o‘rash;
issiqxonalarda yetishtirilayotgan sitrus va qulupnay o‘simliklarini himoya qilish uchun plyonka ostidan yana bir qavat yupqa plyonka tortish (termos qilish) va issiqxona ustidagi qorlarni tushirmaslik zarur;
mevali bog‘ va uzumzorlar qator oralariga mahalliy o‘g‘it aralash хashak, pоxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish (mevali bog‘ va uzumzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 m hamda balandligi); 0,5-0,75 m dan to‘p-to‘p qilib uyib qo‘yish);
daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektar maydonga 100-200 ta uyum hosil qilish kerak. Tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni mevali bog‘ va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qo‘yish hamda havo haroratini kuzatib borish.
Chorvachilikda – chorva hayvonlari saqlanadigan binolarning maqbul harorati +7-+170 daraja va mayda shoxli qoramollar uchun +10-+120daraja bo‘lishi talab etiladi (yosh qoramollar uchun bu ko‘rsatkichlar biroz yuqori bo‘lishi kerak).
Chorva mollarini keskin sovuqdan asrash uchun:
chorva hayvonlarini shirali ozuqalar bilan oziqlantirish va suv bilan sug‘orishni yopiq binolarning ichida tashkil etish;
yetuk yoshdagi chorva hayvonlarini +10+120 daraja va yosh mollarni +16+300 daraja haroratdagi suv bilan sug‘orilishi maqsadga muvofiq. Bir kunda yetuk yoshdagi qoramollarga o‘rtacha 60-100 litr, yosh qoramollarga 20-30 litr, mayda shoxli qoramollarga 5-10 litr suv ichirish kerak;
xo‘jalik hududlarini to‘liq o‘rash va uning hududiga yovvoyi hayvonlarni kirishini oldini olish; Turli turdagi chorva hayvonlarini bitta binoda saqlamaslik kerak;
chorva binolarida tabiiy va maxsus ventilyatsiya tizimi bo‘lishi talab etiladi.
Ushbu agrotexnik tadbirlarni olib borilishi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan zararlanishdan va nobud bo‘lishdan asraydi.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: