Banan banansimonlar oilasiga mansub ko‘p yillik tropik o‘simlik hisoblanadi.
U dastlab Afrika, Osiyoning tropik va subtropik zonalari hamda Malayya arxipelagida yetishtirilgan. Hozirda asosan Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘stiriladi.
Banan daraxtining bo‘yi 15 metrgacha yetadi. Bir tup daraxt 300 donagacha, yaʼni 60 kilogrammgacha hosil tugadi. Mevasi ho‘l va quritilgan holda isteʼmol qilinadi.
Banan tarkibida A, С vitaminlari, fosfor, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar mavjud. U qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga ko‘maklashadi.
Garchi banan foydali meva bo‘lsa-da, uning isteʼmolga yaroqsiz navlari ham bor.
Banan ildiz bachkilari yordamida ko‘payadi. Ayrim turlaridan baliqchilikda foydalaniladigan arqonlar, baliq ovlash to‘rlarida ishlatiladigan tola (abaka) olinadi.
Salomatlikka koni foyda.
Banan inson organizmi uchun eng foydali mahsulot deb bejizga aytishmaydi. Xususan, banan onkologik, tomir tortishish, buyrak kasalliklari, tomirlardagi qonni tozalash va oshqozon kasalliklarini oldini olish maqsadida isteʼmol qilinadi.
Banan tarkibidagi oqsil onkologik kasalliklardagi o‘simta nekrozi omilini oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, yetilgan bananlarda ushbu moddaning miqdori yuqori bo‘ladi.
Banan tarkibidagi kaliy va magniy vitaminlari insondagi mushak og‘riqlarini, tortishishlarni bartaraf etadi. Shu bois ham sportchilarning taomnomasida doimo banan mavjud.
Banan tarkibidagi kaliy odamlarda buyrak toshlarining paydo bo‘lishini oldini oladi. Shuningdek, doimo banan isteʼmol qiladigan kishilarda buyrak o‘smalari xavfi kam uchraydi.
Kuniga 2-3 dona banan isteʼmol qiladigan kishilarda yurak-qon-tomir kasalliklari xavfi 26 foizga kamroq uchraydi. Uning tarkibidagi kaliy yurak faoliyatini meʼyorlashtiribgina qolmasdan qon bosimini oshishiga ham to‘sqinlik qilar ekan. Jumladan, uning tarkibida fitosterollar mavjud bo‘lib, bu tomirlar o‘tkazuvchanligini mustahkamlaydi.
Shuniyam alohida aytib o‘tish kerak, ayrim mevalar oshqozon-ichak kasalliklariga tavsiya etilmaydi. Ammo bananni oshqozon yarasi bor kishilar ham isteʼmol qilishi mumkin.
Banan tarkibida ko‘plab vitamin va minerallar borligi bois, u isteʼmol qilgan kishiga kuch-quvvat hadya etadi va yaxshi kayfiyat ulashadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: