Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil qilish, sohadagi loyihalarni amalga oshirishning samarali mexanizmini joriy etish, qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish va transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida Loyiha boshqaruvi ofisi ishga tushirildi.
Ushbu boshqaruv ofisining ishini samarali tashkil etish va unga xodimlarni tayyorlash maqsadida 2022-yilning 19-20-dekabr kunlari vazirlikning markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Loyihalarni amalga oshirish va mahsulotlarni yaratishga moslashuvchan yondashuvlar” mavzusida ikki kunlik amaliy trening tashkil etildi.
Treningda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, vazir maslahatchisi Alisher Shukurov, vazirlik huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi direktori Saidagzam Alimov hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari, loyihalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etishdi.
E’tiborlisi, uni amaliyotga tatbiq etish orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligi kuchlarni to‘g‘ri taqsimlash va vakolatlarni shakllantirishda loyihalarni boshqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi. Bu esa ishning tezkorligi va samadorligini taʼminlaydi.
Unda qatnashchilar jamoa bilan ishlashni va loyihalarni boshliqsiz boshqarishni o‘rganishmoqda. Shuningdek, ishtirokchilarga noanʼanaviy usulda loyihalarni yuritish yo‘l-yo‘riqlari ham batafsil tushuntirildi.
«Bundan buyon endi biz ushbu ish tartibiga o‘tamiz. Mana Loyiha boshqaruvi qarorlari chiqdi, boshqaruvchisi aniqlandi. Barcha qilayotgan ishlarimiz, loyihalarimiz, islohotlarimizni tezlashtirish va jarayonlarimizni rivojlantirish uchun biz ushbu loyihaviy menejmentga o‘tyapmiz. Men o‘ylaymanki, birgalikda bu borada yaxshi natijalarga erishamiz» – dedi qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov.
Bu tizim orqali innovatsion loyihalarni boshqaruv shakli hisoblanadi. bu kabi treninglar keyinchalik ham davom etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: