Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil qilish, sohadagi loyihalarni amalga oshirishning samarali mexanizmini joriy etish, qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish va transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida Loyiha boshqaruvi ofisi ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi kuchlarni to‘g‘ri taqsimlash va vakolatlarni shakllantirish uchun loyihalarni boshqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi.
Mazkur Ofis faoliyatini boshqarish yetakchi xalqaro ekspertlar va maslahatchilardan iborat yangi tashkil etilgan Strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha boshqaruvi ofisi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmog’ini rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalar portfelini shakllantiradi hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Qo‘mitaga taqdim etib boradi.
Sohani rivojlantirish bo‘yicha shakllangan loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari, tijorat banklarning kredit liniyalari, davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar jalb etiladi.
Loyiha boshqaruvi ofisi ustuvor loyihalarning bajarilishini doimiy monitoring qilib boradi hamda har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qo‘mitaga hisobot beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: