Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani “G‘alaba” fermer xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlashga bag‘ishlangan dala seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining yangi tashkil etilgan Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi tomonidan tashkillashtirildi.
Unda tuproq tahlili uchun namunalar olish va belgilangan tartibda sinov laboratoriyasidan o‘tkazish, tuproqning degradatsiyasini aniqlash va uning xossa-xususiyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
“Mintaqaviy bo‘linmamiz tomonidan Qashqadaryo viloyatining 404 ming gektar yer maydoni tarkibida gumus 1 foizdan kam bo‘lgan maydonlarni 1 foizdan oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiryapmiz. Bundan tashqari viloyat bo‘yicha sho‘rlangan 229 ming gektardan ko‘proq yer maydonida sho‘rlanishga qarshi kurashish ishlari olib borilmoqda”, – deydi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Qashqadaryo mintaqaviy bo‘linmasi direktori Hikmatilla Bo‘riyev.
Mazkur dala seminarida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov, hududlardagi klаster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha vakillari qatnashdilar.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan yerdan oqilona va samarali foydalanish masalalari, tuproqlarning kimyoviy xossa-xususiyatlari, ulardan foydalanish meʼyorlari xususida fikr-mulohazalar bildirilib, zarur tavsiyalar berishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: