O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi 12 ta sexda 25 ming tonna urug‘lik chigitni dorilash bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan shartnomalar imzolandi.
Respublikada 2023-yil paxta hosili uchun 42 ta urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida 50 ming tonnaga yaqin urug‘lik chigit dorilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106-sonli qaroriga asosan, mamlakat bo‘yicha 3037 ta sub’yektlarning 88.5 ming gektar maydonlarida 133.5 ming tonna urug‘lik paxta yetishtirildi. Urug‘liklar paxta to‘qimachilik klasterlarining 114 ta paxta qabul qilish maskanlari g‘aramlariga davlat standartlari asosida dislokatsiya bo‘yicha qabul qilindi.Urug‘lik paxtalar g‘aramlarda belgilangan muddatda sifatli saqlanib, chigitlar fiziologik to‘liq yetilgach, qayta ishlash boshlandi. Urug‘lik paxtaning seleksion navi uchinchi, ikkinchi, birinchi va elita avlodi bo‘yicha ketma-ket ishlandi.
Urug‘lik chigitni dorilashda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, davlat kimyo komissiyasining sinovidan o‘tgan va ishlatish bo‘yicha qo‘llanma texnologiyasi ishlab chiqilgan urug‘ dorilagichlar zaxirasi yaratildi. Ushbu jarayonda sifatli suzpenziya tayyorlash, urug‘larning sifatli dorilanishini nazorat qilishni va har bir urug‘ dorilagichlarning belgilangan meʼyorlarda ishlatilishini taʼminlash uchun O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hududiy bo‘linmalari mutaxassislari biriktirildi. Dorilangan urug‘lik chigitlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bo‘yicha uch qatlamli qog‘oz qoplarga «Uzbek seeds» milliy brendi ostida qadoqlanadi va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari aniqlangunga qadar omborlarda saqlanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: