O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida (AKIS) Janubiy Koreya Respublikasining xalqaro “KOPIA” tashkilotining O‘zbekistondagi markazi bilan 1 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Milliy markaz bosh direktori Alisher To‘rayev, Janubiy Koreya Respublikasining xalqaro “KOPIA” tashkilotining O’zbekistondagi markazi direktori doctor O Sоng Jong, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi direktori G‘ayrat G‘aniyev, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ma’sudjon Sattorov va agrar soha vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda uch yo‘nalishda olib borilgan hamkorlik natijalari tahlil qilindi: Meva-sabzavotchilik, chorvachilik va sholichilikda Koreya tajribasini joriy etish va rivojlantirish borasida qilingan ishlar haqida so‘z bordi.
KOPIA O‘zbekiston markazi 10 yildan buyon mamlakatimizda faoliyat olib bormoqda. U butun dunyoda qishloq xo‘jaligini rivojlantish bilan shug‘ullanadigan yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Hozirda AKIS markazi bilan hamkorlikda chorvachilik, sholichilik, bog‘dorchiik, meva va sabzavotchilik yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib boqmoqda. Hamkorlik natijalari muvaffaqiyatli bo‘layotganligi bois, keyingi yillarda ham yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shu orqali Koreya texnologilayalarini O‘zbekisitonga tatbiq qilish asosiy maqsad hisoblanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: