«Gimn» atamasi yunoncha «gimneo» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, «tantanali qoʻshiq» degan ma’noni anglatadi. Bu ijtimoiy-siyosiy konsolidatsiyaga ega boʻlgan va mamlakat fuqarolarining etnik-madaniy identifikatsiyasini oʻzida mujassam etgan muhim ramzdir.
Mamlakatimiz madhiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Musiqasini Mutal Burhonov bastalagan, she’ri esa, Abdulla Oripov qalamiga mansub.
Madhiya mamlakat tarixi, uning milliy an’analari, qadriyatlari, qudrat va salohiyatini o‘zida mujassam etadi. U har bir fuqaroda yuksak tuyg‘ularni uyg‘otish, xalqning ozodligi, orzu-intilishlarini tarannum etish yoʻlida xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini chuqur hurmat qilish mamlakatimiz har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
O‘zbekiston davlat madhiyasi mamlakatimiz davlat suverenitetining ramzi sanaladi. Davlatimiz madhiyasi hamisha vatanparvarlikning yorqin timsoli va respublikamizning tantanali qo‘shig‘i bo‘lib qolsin!
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: