Joriy yilda 136 ta tumanda 134 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va ularga biriktirilgan 29 mingta fermer xo‘jaliklarida 1 mln 32 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlandi.
Paxtachilikka ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga o‘rtacha hosildorlik gektariga 34,0 sentnerni tashkil etdi va jami 3 mln 510 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.
Bundan tashqari, terib olingan paxta xomashyosining 90 foizdan ortig‘i yuqori sort va klasslarga (1-sort 1- va 2-klasslarga) sotildi va bu paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy holatini yaxshilanishiga olib keladi. Shuningdek, yuqori hosildorlik qayta ishlash quvvatiga ega klasterlarning xomashyo manbaining ko‘payishiga xizmat qiladi.
Joylarda 22,1 mingta terim otryadlari tashkil etilib, 1,8 mln nafar terimchilar jalb qilindi.
Shuningdek, terimda 1 089 ta paxta terish mashinalari, 15 320 ta transport traktorlari va 24 900 ta tirkamalar qatnashishi taʼminlandi.
Respublikada har gektar paxta maydonidan o‘rtacha hosildorlik 34,0 sentnerni tashkil qildi va 24 ta tumanda 30 sentnergacha, 41 ta tumanda 30-35 sentner va 71 ta tumanda 35-40 sentner hosil olindi.
Ayniqsa, Qashqadaryo viloyatida 437 ming tonna, Buxoro viloyatida 360 ming tonna, Jizzax viloyatida 269 ming tonna, Samarqand viloyatida 258 ming tonna va Navoiy viloyatida 115 ming tonnalik ulkan xirmon yaratilib, o‘tgan 2021-yilga nisbatan o‘rtacha hosildorlik 2,6-3,4 s/ga ga yuqori bo‘ldi.
Agrotexnik tadbirlarni ilm va innovatsiyalar orqali tashkil etgan Do‘stlik tumanida o‘rtacha 40,4 s/ga, Quyi Chirchiq tumanida 40,0 s/ga, Xazorasp tumanida 39,5 s/ga, Romitan tumanida 38,6 s/ga, Qo‘rg‘ontepa va Mingbuloq tumanlarida 38,5 s/ga, Buxoro, Mirzacho‘l va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida 38,2 s/ga va Kasbi tumanida 38,1 s/ga paxta xomashyosi ishlab chiqarildi.
Paxtani mexanizatsiya yordamida yig‘ishtirib olish ishlariga alohida eʼtibor qaratilib, 1 089 ta paxta terish mashinalari bilan 632,0 ming tonna yoki 18,0 foiz paxta hosili terib olish yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilgi paxta xomashyosini terib olish xarajatlarini moliyalashtirishda imtiyozli kreditning kafolatlangan hajmlari oylar bo‘yicha taqsimlanib, paxta yetishtiruvchilarga yetkazib berildi.
Shunindek, har besh kunda terimchilarga har kilogramm tergan paxtasi uchun o‘rtacha 1 600-2200 so‘mdan, mashinada terilgan 1 tonna paxta xomashyosi uchun 1400 ming so‘mdan xizmat haqi to‘lab borildi va mavsumda 4 trln 669 mlrd so‘mdan ortiq terim pullari tarqatildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: