M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) Tuproqshunoslik fakultetining Tuproq maʼlumotlar markazidan Oleg Golozubov boshchiligidagi bir guruh ekspertlar “Tuproqsifattahlil” DUKga tashrif buyurishdi. Ular Geoinformatika bo‘limi mutaxassislari bilan Agro-tuproq maʼlumotlar markazlarining taqsimlangan tarmog‘i standartlari, texnologiyalarini joriy etish asosida tuproq maʼlumotlari bazasini yaratishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralarni olib bordilar.
Uchrashuvda dastlab, Rossiya tuproq maʼlumotlari markazi tarmoq loyihasining tashkil etilish tarixi, maqsadi, vazifalari va erishilgan natijalar haqida MDU vakillari so‘z ochdilar.
Yig‘ilish davomida tomonlar tuproq maʼlumotlari bazasini shakllantirishda muhim bo‘lgan jihatlar ayniqsa, ushbu bazani tashkil qilishda muhim bosqich hisoblanadigan tuproq maʼlumotlari almashinuvining xalqaro standarti konseptual modellari hamda xalqaro ISO 28258 standartini joriy etishni muhokama qildilar.
Uchrashuv so‘ngida MDU vakillari tomonidan:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: