2022-yilning 28-noyabr kuni “Industrial Innovation Grup” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “RS Success Agro” biotexnologik sanoat qishloq xo‘jaligi majmuasi dalalari bo‘ylab OAV vakillari uchun press-tur tashkil etdi, uning doirasida texnologik shou tashkil etilib, kompaniya mahsulotlarining ham taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Matar Al-Kemziy, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, “RS Success Agro” agromajmuasi rahbar xodimlari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining 30 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
“RS Success Agro” agromajmuasi Sirdaryo viloyatida joylashgan. Bugungi kunda u O‘zbekistonda texnik kannabisni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va tashish bo‘yicha litsenziya olgan birinchi kompaniya hisoblanadi. Texnologik shou chog‘ida 2022-yil hosilining sovuq siqilgan kanop yog‘i, shuningdek, yog‘ni quyish, sterilizatsiya qilish, yopish, qadoqlash va tayyor mahsulotlarni markalash bo‘yicha avtomatlashtirilgan liniyaning ishlashi namoyish etildi.
Liniyaning ishlab chiqarish quvvati soatiga 1500 shisha, qadoqlash tezligi soatiga 3000 shishagachani tashkil etadi.
Mahsulot xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda laboratoriyada tadqiqot va sinovdan o‘tkaziladi. Sanoatbop kannabis yog‘i tarkibida psixoaktiv birikma mavjud emas va yetti mamlakatda – AQSH, Xitoy, O‘zbekiston, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklarida xalqaro laboratoriyalarda oziq-ovqat mahsulotlarida foydalanish uchun sertifikatlangan.
Mahsulotlar aqlli yorliq va Track&Trace tizimi – banknotlar va aksiz markalari darajasida qalbakilashtirishdan himoyalangan.
U foydali tarkibga ega, inson tanasi tomonidan to‘liq o‘zlashtiriladigan Omega-3, Omega-6, Omega-9 balansini o‘z ichiga oladi.
“Leodar” (savdo nomi) kanop yog‘ini yaratish eng yaxshi urug‘likni tanlashdan boshlanadi. O‘simliklarni sug‘orish tomchilatib sug‘orish yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy texnologiya hosilni ehtiyotkorlik bilan yig‘adi. Terminal va kimyoviy ishlovsiz mahsulotning barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolish imkonini beruvchi sovuq siqish usuli qo‘llanilmoqda”, – deydi “RS Success Agro” bosh direktori Robiya Ibragimova.
O‘zbekistonda kannabisni yetishtirish va sanoat maqsadlarida foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son “Kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjat 0,2% dan kam TGK (tetragidrokannabinol) moddasini o‘z ichiga olgan va litsenziya bilan mamlakatda yetishtirishga ruxsat berilgan navlar bo‘yicha me’yorlarni belgilaydi.
“Ayni paytda mamlakatimizda texnik kannabis qishloq xo‘jaligi ekini sifatida yetishtirilmoqda. Undan yog‘ va tolali mahsulotlar olinadi. Masalan, 1 ga maydonda yetishtiriladigan sanoat kanopidan 3-4 tonna tola, 500 kgdan 1 tonnagacha oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan yog‘ olish mumkin. Aytish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan texnik kanop yetishtirish bo‘yicha boshqa loyihalar ham o‘rganilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ham ana shunday loyiha litsenziyalanib, yo‘lga qo‘yilmoqda. Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham loyihalarni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, – deydi qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish agrotexnologiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov.
Ma’lumot uchun
Qishloq xo‘jaligi vazirligi litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi, ushbu Vazirlik tomonidan:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: