O‘zbekiston va Bellorussiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati doirasidagi 3-ishchi guruh yig‘ilishi videokonferensaloqa (VKS) formatida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomoniga qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, Belorus tomoniga esa qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Vladimir Grakun boshchilik qildi.
Taʼkidlash joiz, Ishchi guruhning ushbu yig‘ilishi o‘zaro anglashuv va biznes sheriklik muhitida o‘tdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida hamkorlikni mustahkamlash istagini bildirdi.
Avvalo Ishchi guruhning joriy yil ikkinchi yig‘ilishi bayonnomasi ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborot tinglandi. Qayd etilishicha, undagi ayrim bandlar hayotga tatbiq etilgan. Amalga oshirilmagan yoki davom etayotgan masalalar Ishchi guruhning uchinchi majlisi bayonnomasiga kiritildi.
Ishchi guruhning O‘zbekiston va Belarus bo‘limlari rahbarlari ikki mamlakatda qishloq xo‘jaligi sanoatining rivojlanishi haqida maʼlumot berib, oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi xomashyosi o‘zaro savdosi o‘sishining ijobiy dinamikasini qayd etdilar va kelgusida hamkorlik qilishdan o‘zaro manfaatdorliklarini tasdiqladilar.
Tomonlar tirik hayvonlar va ulardan olingan mahsulotlarni olib kirish va eksport qilishda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida veterinariya sohasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ishchi guruh tomonidan ikki mamlakat oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarida o‘zaro ishtirok etish tavsiya etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: