Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha soha mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i A.Mansurov, Qishloq xo‘jaligini qo‘llab – quvvatlash va bilimlarni oshirish dasturi, agrar sohada moliya eksperti A.Ergashev, AKIS maslahat xizmatlari katta maslahatchisi D.Kaxan, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi laboratoriya boshlig‘i R.Obidov hamda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITI direktori Sh.Azizovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik sohasidagi fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari vakillarining qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanishga doir texnik-iqtisodiy bilimlarini oshirish mavzusida o‘quv seminarlar, biznes-treninglar tashkil etish bo‘yicha innovatsion guruh tuzish masalasi muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida hamkorlikda loyiha tayyorlash va uni birinchilardan bo‘lib Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani misolida boshlashga kelishib olindi.
Shuningdek, Xitoyning “CRCHI” korporatsiyasi xorijiy aloqalar bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari Ma Yan rahbarligidagi bir guruh mutaxassislar Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITIda bo‘lib, paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish hamda institut olimlari tomonidan yaratilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltirish masalasini muhokama qilishdi. Muhokamadan so‘ng mehmonlar institutda tashkil etilgan muzey bilan tanishishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: