Yong‘oqlar orasida keshyu g‘ayrioddiy o‘simlik ham shunchaki yong‘oq emas. Keshyu daraxti taqdim etadigan barcha in’omlar inson tomonidan iste’mol qilinadi. Po‘stlog‘i va barglari dorivor maqsadlarda, yong‘oq qobig‘i sanoat maqsadlarida, keshyu yong‘og‘i va olmasi gastronomik maqsadlarda foydalaniladi.
Keshyuning vatani Braziliya sharqida hisoblanadi. U Hindiston, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Eron, Ozarbayjonda yetishtiriladi.
Tikun (hind qabilalari) tilida keshyu acaju deb ataladi (bu “sariq meva” degan ma’noni anglatadi), portugalchadagi caju yoki cajuyeiro nomi undan kelib chiqqan bo‘lib, keyinchalik keshyu (inglizcha – sashew) nomlanishi paydo bo‘lgan.
Keshyu – doimo yashil, issiqlikni sevuvchi daraxt, qalin o‘ralgan tanasi egri-bugri shaklda va shoxlari yoyilib ketgan. Balandligi 15 metrga yetishi mumkin. Masalan, Angolada 50 yoshli va uzunligi 30 metrga yetadigan daraxt bor, u yiliga 60 kilogrammgacha yong‘oq beradi.
Keshyu mevalari ikki qismdan iborat – keshyu olmasi va yong‘og‘i. Keshyu olmasi katta, shishgan, nok shaklidagi gulband bo‘lib, sariq, sabzirang yoki qizil bo‘lishi mumkin, uzunligi 7-10 sm va diametri taxminan 5 sm. Bu shirin va nordon ta’mga ega go‘shtli, juda sersuv meva. Bunday olmaning tepasida qattiq qobiqdagi yong‘oq bor, u pishib, to‘q yashil, deyarli jigarrang rangga kiradi.
Kaju olma tez buziladi va tashish uchun yaroqli emas. Mevalaridan sharbat, murabbo, jele, kompotlar, spirtli ichimliklar tayyorlanadi. Sharbati Lotin Amerikada juda mashhur.
Pishgan keshyu mevalari yangiligicha iste’mol qilinadi, ammo keshyu yong‘og‘ini iste’moli biroz murakkabroq jarayon.
Yong‘oqning po‘stlog‘i va qobiq o‘rtasida teri bilan aloqa qilganda kuyishlar (terining qabariqlari)ni keltirib chiqaradigan kardiol (zaharli yog‘li modda) deb ataladigan zaharli modda, shuningdek, aloqa qilganda aloyergik teri toshmalarini keltirib chiqaradigan anakardit kislota mavjud. Yong‘oqlar qo‘lda kesiladi.
Yong‘oqlar po‘stloqdan va qobiqdan ehtiyotkorlik bilan chiqariladi, undan so‘ng zararli moddalar to‘liq bug‘lanib ketguncha maxsus issiqlik bilan ishlov beriladi.
Zaharli moddalardan sanoat va tibbiyotda qo‘llanililadi.
Dunyo xalqlari orasida keshyudan foydalanish
Afrikada keshyu tatuirovka vositasi sifatida ishlatiladi. Braziliyada keshyu yong‘og‘i afrodizyak hisoblanadi, astma, bronxit, gripp, hazmsizlik va diabetga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.
Gaitida – tish og‘rig‘i va so‘galga qarshi vosita. Meksikada ularning yordamida sepkillarni oqartiradilar. Panamada gipertoniya kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Peruda antiseptik sifatida ishlatiladi. Tomoq og‘rig‘ini esa Venesuelada uning yordamida davolashadi.
Yong‘oqlar Osiyo, Hindiston oshxonalarida juda mashhur.
Keshyuning foydali xususiyatlari
Keshyu foydali xususiyatlarga ega: antibakterial, antidizenterik, antimikrob, antiseptik, tonik vosita hisoblanadi.
Yong‘oqlar oqsil va uglevodlarga, A, B2, B1 vitaminlari, temir, sink, fosfor, kalsiy, mis, magniyga boy.
Keshyu tarkibidagi vitaminlar organizmdagi oqsillar va yog‘ kislotalarining metabolizmiga hamda qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi, immunitetni mustahkamlaydi va yurak-qon tomir tizimining faoliyatini normallantiradi.
Mis va magniy mavjudligi tufayli yong‘oqlar suyak mustahkamligini oshiradi va osteoporoz rivojlanishining oldini oladi.
Yordamchi vosita sifatida ularni tish og‘rig‘i, psoriaz, distrofiya, metabolik kasalliklar, anemiyada ishlatiladi.
Keshyu tarkibida katta miqdordagi yog‘lar mavjud emasligi bilan bodom, yong‘oq, yeryong‘oqdan farq qiladi.
Zarari va qarshi ko‘rsatmalar
Mahsulotning foydaliligiga qaramay, uni iste’mol qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud. Keshyuni qabul qilish quyidagi hollarda cheklanadi:
Qanday tanlash kerak va qancha saqlash mumkin
Mahsulotni tanlayotganda, qattiq va qarsildoq bo‘lgan butunlikdagi yorqin rang yong‘oqlarni tanlagan ma’qul. Yong‘oqning ortiqcha quritilmagan bo‘lishi kerak.
Agar keshyu yong‘og‘ini tatib ko‘rish paytida achchiq ta’m sezilsa, yong‘oqlarni tashlab yuborish kerak, chunki ular taxirlashib qolgan.
Keshyu yadrolari quruq joyda, xona haroratida 30 kungacha saqlanishi mumkin. Ular muzlatgichda 2 oygacha saqlanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: