Yaqinda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bilan Belarus Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi “Belgiprozem loyihalash instituti” respublika unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
“Belgiprozem” instituti (Belarus) va “O‘zdavyerloyiha” ilmiy loyihalash instituti (O‘zbekiston) mutaxassislari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazilib, ular bir-birining eng so‘nggi ishlanmalari bilan yaqindan tanishishdi. O‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tomonlar hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Ikki tomon davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq yer tuzish, geodeziya, geoaxborot texnologiyalari, ilmiy faoliyat, yerning kadastr bahosini aniqlash sohasidagi hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: yig‘ilishlar, konferensiyalar, seminarlar va maslahatlashuvlar o‘tkazish; qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; birgalikda ilmiy-tadqiqot, tajriba, ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish; konsalting xizmatlarini ko‘rsatish; yer tuzish, geodeziya, geoaxborot texnologiyalari, yerlarni kadastr baholash sohasidagi uslubiy, ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish adabiyotlari va axborotlari bilan almashish; qo‘shma ma’ruzalar, maqolalar nashr etish.
“Belgiprozem” loyiha instituti mutaxassislari samimiy qabul va tashrif tashkil etilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirib, tez orada Belarusda o‘zbekistonlik hamkasblar bilan uchrashishni tilagini bildirishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: