O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda stansiyalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi xodimlari uchun tanishtirish o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni BIOVERSITY\CIAT (Kolumbiya) tadqiqotchisi Mariana Kintero olib bordi.
Tadbir “Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yaxshilash maqsadida qishloq xo‘jaligida ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning integratsiyalashgan tizimini (e-kakashi) qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar” loyihasi doirasida o‘tkazildi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi texnologiya yordamida to‘plangan ekologik va agronomik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali fermerlarga hosildorlikni oshirish va kasalliklarga qarshi kurashishda yordam berishdan iborat.
Ushbu qurilmalar, ikkita dastur va tahliliy vositalar yordamida atrof-muhit sharoitlari kuzatib boriladi va sharoitlarni tahlil qilish uchun agronomik ma’lumotlar qayd etiladi. Bu kartoshka ekinlariga ta’sir qiladigan ekologik sharoitlarni, hosildorlikni oshirishni va kasalliklarga qarshi kurashni monitoirng qilish imkonini beradi.
“Biz Toshkentga E-kakashi texnologiyasini olib keldik va kartoshka ekinlariga ta’sir etayotgan ekologik sharoitlarni nazorat qilish uchun ikkita joyga 6 ta qurilma o‘rnatmoqchimiz hamda tahliliy vositalarimiz orqali hosildorlikni oshirishga hissa qo‘shamiz. E-kakashi loyihalari Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, – dedi Kolumbiyaning BIOVERSITY\CIAT tashkiloti tadqiqotchisi Mariana Kintero.
Ma’lumot uchun
9-13-noyabr kunlari Bioversity/CIAT vakillari doktor Ishitani Manabu va tadqiqotchi Mariana Kinteroning tashrifi chog‘ida loyihani amalga oshirish uchun 2 ta ob’ekti maydonlari aniqlandi. Ekin – kartoshka.
Kartoshka ekinlari ta’sir qiladigan ekologik sharoitlarni nazorat qilish uchun ikkita joyga 6 ta “E-kakashi” qurilmasi o‘rnatiladi, bu esa hosildorlikni oshirish va kasalliklarga qarshi kurashish imkonini beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: