Qishloq xo‘jaligi vazirligida Vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va BCI bosh direktori Alan McClay o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi hamda paxtachilik sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, BCI tashkiloti tomonidan O‘zbekistonda ish boshlayotgan filial faoliyati bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Uchrashuv davomida paxta-to‘qimachilik sohasidagi klasterlar soni 134 taga yetgani ta‘kidlandi va bu yo‘nalishdagi amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida erishilgan yutuqlar va kelajakdagi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan amalga oshiriladigan rejalar taʼkidlab o‘tildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: