O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Otaibi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning asosiy masalalari muhokama etildi. Ikki mamlakat orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramasdan, o‘zaro mahsulot almashinuvi yildan yilga o‘sib borayotganligi taʼkidlandi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoni Podshohligiga oliy darajadagi tashrifi davomida agrar sohada bir qator kelishuvlarga erishilgani tilga olindi. Mazkur muzokaralar Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumi orqali mustahkamlangan edi.
Uchrashuvda taʼkidlanishicha, hamkorlikni rivojlantirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan qo‘shma ishchi guruhni tashkil etish va uning 1-chi yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Saudiya Arabistoni Qishloq xo‘jaligi vazirligi masʼullari bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etish hamda o‘zaro tashriflarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Aziz Voitov Elchi Yusuf al-Otaibi bilan muloqot yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Saudiya Arabiston tomoni bilan har doimgidanda ko‘ra yaqinroq hamkorlik qilishga va soha doirasida yangi takliflar berishga tayyor ekanini bildirdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: