Karam eng ommabop sabzavotlardan biri. U ko‘plab xalqlarning oshxonasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Karamning haqiqatan ham xilma-xil turlari mavjud, do‘kon va bozorlar peshtaxtalarida ushbu sabzavotning bir nechta turini topish mumkin.
“Karam” so‘zi qadimgi yunoncha “kaputum” (bosh) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu so‘z sabzavotning o‘ziga xos shaklini ta’kidlaydi. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, odamlar karamni tosh va bronza asrlaridan boshlab o‘stira boshlagan.
Mamlakatimizda bu sabzavot 2022-yil hosili uchun 27,6 ming gektar yerda (asosiy maydonlarda – 13,2 ming gektar, bog‘ qator oralarida – 5,4 ming gektar, takroriy maydonlarda -9,0 ming gektar) ekilgan. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 1,5 mln tonna karam yig‘ib olinishi mo‘ljallanmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz hududida karamning oq karam, gulkaram, qizil karam, brokkoli, kolrabi, Pekin karami, Xitoy bargli karami kabi turlari yetishtirilmoqda. Karamning 132 ta navi respublikamizda ekish uchun tavsiya etilgan va Qishloq xo‘jaligi Davlat reestriga kiritilgan.
Xususan, oq karamning “Akbosh Adema F1”, “Burbon F1”, “Iyunskaya”, “Lion F1”, “Navro‘z”, gulkaramning “Kashmer F1”, “Barselona F1”, “Talassa F1” hamda brokkolining “Agassi F1”, “Ironman F1”, “Atlantis F1”, “Geraklion F1”, “Kvinta F1”, “Naksos F1”, “Marafon F1”, “Tiburon F1”, “Fiyesta F1” navlari yetishtiriladi.
Karam haqida qiziqarli faktlar:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: