Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.
Bugun, 12-noyabr kuni vazirlik tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining 46 nafar xodimi ko‘chat ekish jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shish maqsadida erta tongdanoq institutda hozir bo‘ldilar. Ular tomonidan muassasa binolari atroflari obodonlashtirilib, 300 tup mevali (olma, gilos, nok) daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, Institut tomonidan Qibray tumani Botanika mahalla guzari, 3-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisi va kam taʼminlangan xonadonlarga tegishli yer maydonlariga yordam sifatida mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Mutaxassis olimlar ko‘chat ekish davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Ko‘chat ekish qo‘llanmasi”dan foydalanishdi.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida ham professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar birgalikda “Yangi O‘zbekiston uchun yangi daraxt” shiori ostida OTM hududiga 1000 ga yaqin archa ko‘chatlarini ekishdi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Dorivor o‘simliklar”, “O‘rmonchilik”, “Agrokimyo” fakultetlari talabalari esa Yaponiyaning OISCA tashkiloti vakillari bilan birga “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, Orol daryosining qurigan tubiga 10000 dona saksovul ko‘chatini o‘tqazishdi. Institutning “Zooinjeneriya” yo‘nalishi talabalari taʼlim dargohi hududida obodonlashtirish ishlarini o‘tkazib, 500 dan ortiq mevali ko‘chatlarni yerga qadashdi.
“O‘zdavyerloyiha” DILI Andijon viloyati bo’linmasi mutaxassislari tomonidan Marhamat tumani Istiqlol massivida joylashgan “O‘quv-tajriba” xo‘jaligiga 50 tup pavlovniya, 200 tup tut va 25 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: