O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Kanadaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alison Meri Lekler bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Kanada va O‘zbekiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Xususan:
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi vaziri kanadalik hamkorlarning O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirish istiqbollari bilan tanishish maqsadida Kanadaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi kompaniyalarining biznes missiyasini birgalikda tashkil etishni taklif qildi.
“Biz ayniqsa, O‘zbekistonga sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarini jalb etishdan, shuningdek, bu borada kooperatsiya yaratish tajribasini o‘rganishdan manfaatdormiz”, — dedi Aziz Voitov.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: