O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “COVID-19 ga javoban kartoshkachilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.
Seminar “O‘zbekistonda urug‘lik kartoshka yetishtirish va sertifikatlashning hozirgi holati va muammolarini aniqlash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish, sertifikatlash tizimi bo‘yicha urug‘lik kartoshka yetishtirish yuzasidan SWOT tahlilni ishlab chiqishdir. Bu usul tashqi tahdid va imkoniyatlarni ko‘zda tutgan holda sanoat rivojlanishidagi real vaziyatni ko‘rish, shuningdek, chora-tadbirlar rejasini tuzish va keyinchalik kuchli va zaif jihatlarni hisobga olib, kartoshkachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 8-va 9-noyabr kunlari “COVID-19 ga javoban kartoshkachilik tarmog‘ini tiklash va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida urug‘lik kartoshka yetishtirish va sertifikatlash yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilgan edi. Ularning yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: