Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti “MATЕ” rektori Chaba Dyurich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda agrar ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
MATЕ universiteti Vengriya va Markaziy Yevropadagi eng yirik qishloq xo‘jaligi universiteti hisoblanadi. Ushbu universitet bilan ilm-fan yo‘nalishida tajriba almashish muhim hisoblanadi. Xususan, kartoshkachilik yo‘nalishida yangi navlarni olib kelib, ushbu ekinning hosildorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 11 ta ilmiy-tadqiqot institutlariga ega mazkur dargoh bilan ilm-fan, talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangani uchrashuvning muhim qismiga aylandi.
Unda quyidagi masalalar belgilangan:
Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat imzolanishidan avval vazir Aziz Voitov va Vengriya universiteti rektori o‘rtasida joriy yilning 30-sentyabr kuni uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Bu haqda shu yerda yozgan edik.
Shuningdek, uchrashuv davomida MATE universiteti o‘zbekistonlik yosh olimlarning 2023/2024-o‘quv yili uchun “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashiga kelishib olindi.
«MATЕ» o‘zbek olimlari uchun ilmiy ishlar bo‘yicha vengriyalik ilmiy rahbarlarni berishi haqida kelishuvga erishildi.
Tomonlar bakalavriat talabalarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etish va kengaytirishni ham rejalashtirmoqda.
2023-yil fevral-mart oylarida Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialining 2 nafar doktoranti «MATE» universitetiga malaka oshirish kursiga yuboriladi.
“Oziq-ovqat xavfsizligi” va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” yo‘nalishlari bo‘yicha “Erasmus+” o‘quv dasturida o‘zbekistonlik talabalar va olimlarning ishtiroki tashkil etiladi.
Vengriyaning «MATE», Debretsen qishloq xo‘jaligi fanlari universiteti va agrar sohaga oid boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan birgalikda ikki tomonlama diplom berish tizimi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.
Aytib o‘tish kerakki, biznes-forum munosabati bila yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy kompaniyalarning aksariyati aynan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: