O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyev bilan uchrashuvi videokonferensaloqa (VKA) ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy va institutsional sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan loyihalar masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shunday qilib, bugungi kunda Qozog‘iston kapitali jalb qilingan holda 101,3 mln AQSH dollari qiymatidagi 3 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ular orasida Namangan viloyatida umumiy qiymati 40 mln dollarga teng sovutkichli omborxonalarni yaratish va Namangan viloyatida qiymati 43,8 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash agroklasterini ishga tushirish kabilar bor.
Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlik masalalari doirasida kelgusida O‘zbekistonga eksport qilish uchun Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi ekinlarini hamkorlikda yetishtirish, Qozog‘iston Respublikasiga sabzavot, ko‘kat va kartoshkaning ertapishar navlarini sotish bo‘yicha forvard shartnomalarini tuzish, Qozog‘iston donini chuqur qayta ishlash uchun donni qayta ishlash klasterini tashkil etish loyihalari muhokama qilindi.
2021-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 1,2 mlrd AQSH dollariga yetdi. Xususan, eksport – 223,1 mln dollar, import – 966,2 mln dollar.
2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi: eksport – 185,5 mln AQSH dollari, import – 1,1 mlrd AQSH dollariga teng bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari: sabzavot (64,3 mln dollar), meva (37,7 mln dollar), uzum (25,7 mln dollar), quritilgan sabzavotlar (12,1 mln dollar), qovoq (11,0 mln dollar), tuxum (7,3 mln dollar), dukkaklilar (6,9 mln dollar) ), qandolat mahsulotlari (5,4 mln dollar), yong‘oqlar (3,7 mln dollar), qayta ishlangan ovqatlar (3,7 mln dollar).
O‘zbekistonning asosiy import don mahsulotlari (546 mln dollar), yog‘ mahsulotlari (144,5 mln dollar), chorva ozuqasi (129,8 mln dollar), oziq-ovqat mahsulotlari (112,4 mln dollar), go‘sht (74,1 mln dollar), urug‘lik (57,3 mln dollar), qandolat mahsulotlari (11,8 mln dollar), sut mahsulotlari (4,4 mln dollar), tamaki mahsulotlari (4,2 mln dollar).
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: