O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabr sanasidagi PQ-373-son “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab–quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda aholi punktlariga yaqin joylashgan, paxta va g‘alladan bo‘shagan, fermer xo‘jaliklari hamda klasterlar tomonidan foydalaniladigan suv ta’minoti yaxshi hududlardagi yerlar ochiq elektron tanlov orqali aholiga ijaraga berilishi belgilangan. Xususan, 2022-yil yakuniga qadar qo‘shimcha 20 ming gektar, umumiy hisobda esa 100 ming gektar ekin maydoni ajratiladi.
Bu mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, qaror bilan shunday tartib belgilanganki, unga ko‘ra:
2022-yil 27-oktabr holatiga respublika bo‘yicha jami 99 989 gektar yer maydoni zaxiraga olingan bo‘lib, “O‘zdaverloyiha” DILI tomonidan 99 936,41 gektar yer maydoni 439 114 ta lotga ajratilgan.
Shuningdek “E-auksion” savdo platformasida respublika bo‘yicha umumiy 11 888,77 gektar yer maydonida 37 797 ta lot savdoga chiqarilgan.
Ayni damda umumiy 83 672,44 gektar yer maydoni 389 848 ta lot bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.
Surxondaryo
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentiga asosan “O‘zdaverloyiha” DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha viloyat kesimida 7 346,94 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 32 074 ta lot tayyorlangan.
6 148,67 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 29 233 ta lot bo‘yicha “E-Auksion” elektron savdo platformasida tanlov g‘oliblari aniqlangan.
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 7 797 gektar yer maydonini tashkil qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: