2022-yil 28-oktyabr kuni qishloq xo‘jaligi sohasidagi O‘zbekiston-Tojikiston ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv videokonferensaloqa (VKA) formatida o‘tkazildi.
O‘zbekiston tomonidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh hamraisi Qahramon Yuldashev, shuningdek, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarmalari, uning huzuridagi tashkilotlar, markaz va agentliklarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Mehmon mamlakat tomonidan Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigina Anvari, Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutasaddi va rahbar xodimlari hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat.
Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ayirboshlash hajmini oshirish, veterinariya va chorvachilik sohalarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
“Do‘stlik bog‘i”ni tashkil etish loyihasini amalga oshirish, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikka e’tibor qaratildi.
Urug‘chilik bo‘yicha sheriklik, qishloq xo‘jaligi ilm-fan hamda ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani va kengayayotgani alohida ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi 2019-yilning aprel oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
“Biz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Tojikiston bozoriga barqaror va uzoq muddatli yetkazib berish, istiqbolli qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish, agrar ilm-fanni rivojlantirish hamda agrar sohaga innovatsion yechimlarni joriy etishdan manfaatdormiz. Yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT Sammiti doirasida davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgani, unda ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi masalalari muhokama qilinganiga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik ruhida jadal rivojlanmoqda. O‘zaro manfaatli hamkorlik iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab olmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev o‘z murojaatida.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: