Hozirda zamonaviy qishloq xo’jaligini ilm, innovatsiya va ta’limsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan islohotlar aynan mana shu go’yaga tayanmoqda va bu yonalishda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Koreya hamkorligida yo‘lga qo‘yilayotgan qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishni ko‘zlagan “O‘zbekiston Smart Farm sanoat texnologiyalar platformasi” ham aynan ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.
Ushbu loyiha qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi – agro xizmatlar ko‘rsatuvchi AKIS markazi, Koreyaning “KIAT”, “KOMI”, “KITECH”, “CAMTIC” va “Agro Solution Koreya” tashkilotlari hamkorligida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yangi innovatsion yechimlarning tatbiq etilishi sohadagi ilg‘or yangiliklar, maxsus ta’lim imkoniyatlari, shuningdek, davlatning maqsadga yo‘naltirilgan siyosati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitini yaratish fermerlarga kamroq xarajat va mehnat orqali ko‘proq hosil olish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida fan, ta’lim, amaliyotning uyg‘unlashuvi esa soha rivojini yangi bosqichga olib chiqishi, shubhasiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: