O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan nashr etilayotgan “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ixtisoslashtirilgan ilmiy jurnalining ikkinchi soni chop etildi.
Jurnal 2022-yil 20-maydan beri nashr etiladi. Uning sahifalarida tuproqshunoslik sohasida katta tajribaga ega olimlarning ilmiy maqolalari, tuproqshunoslik sohasidagi tarixiy voqealar, agrar sohaga oid yangiliklar va hodisalar, Prezident qarorlari va boshqa ko‘plab materiallar bilan tanishishingiz mumkin. Nashr har bir sonining elektron formati ham mavjud, u institutning soil.uz sayti va telegram kanaliga joylashtiriladi.
Akbar Hudoyqulov, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti matbuot xizmati rahbari:
– Jurnalimiz O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar qishloq xo‘jaligida tuproqshunoslik yo‘nalishini o‘rganayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va olimlar uchun foydali bo‘ladi, degan umiddamiz. Jurnalda “Tuproqshunoslik”, “Agrotuproqshunoslik”, “Agrokimyo”, “Tuproqlarning meliorativ holati va irrigatsiya”, “O‘simlikshunoslik”, “Mustaqillik qadamlari”, “Prezident qarorlari amalda” ruknlari ostida tegishli maqolalar bilan tanishishingiz mumkin. Biz allaqachon jurnalning uchinchi soni ustida ishlarni boshladik. Materiallarni to‘plash va saralash bosqichi allaqachon yakunlanib, tahrirlash ishlari boshlangan.
Jurnaldagi materiallar uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi, mualliflarning maqolalari asl tilda, ya’ni muallif material taqdim etgan tilda e’lon qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: