Organik mahsulotlar yetishtirishni boshlash uchun maqsadni aniqlash muhim. Bu bizga nima uchun kerak? Organik mahsulotlarni yetishtirishni nimadan boshlash zarur? Bular organik mahsulotlar yetishtirishga qaror qilgan fermer yoki dehqon o‘ziga beradigan savollarning hammasi emas.
Shuni yodda tutish kerakki, qishloq xo‘jaligi yerlari va atrof-muhitni uzoq yillar davomida sog‘lom saqlash orqaligina organik dehqonchilikni yuritishga erishish mumkin.
Organik dehqonchilikni qanday boshlash kerak?
Ishlarni boshlash uchun xo‘jalik o‘zining tashkil etuvchi pozitsiyasini bor bo‘lgan narsalari hisobida o‘rganib chiqishi kerak.
Yer uchastkasining geografik joylashuvini hisobga olish ham muhim, masalan:
Keyingi navbatda eng mos organik o‘g‘itlarni, shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish vositalarini o‘rganish va tanlash, shu jumladan, tuproq tahlillari natijalariga ko‘ra mexanik ishlov berish texnologiyasidan foydalanish.
Organik vositalar va ekish materiallarini yetkazib beruvchilarni aniqlash muhim ahamiyatga kasb etadi.
Ushbu xo‘jalikda ishlayotgan kadrlarning bilimi va malakasini baholash va bu boradagi malakani doimiy ravishda oshirib borish zarur.
Va, albatta, iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun: o‘z-o‘zini qoplashi, rentabellik, sof foydani hisoblagan holda biznes-reja ishlab chiqish talab etiladi.
Agrotexnologik jarayonlarga qonunchilik va xalqaro standartlar talablarini joriy etishda hamda ichki imkoniyatlarni baholashda, jumladan, fermer xo‘jaligini sertifikatlashtirish organini tanlashda, sertifikatlashtirish tekshiruvlarini o‘tkazishda maslahat yordamini olish uchun Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Xo‘jalikning holatini umumiy baholash natijalariga ko‘ra texnik va moliyaviy imkoniyatlar hisoblab chiqiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘rnini to‘ldirish maqsadida xo‘jalikning yillik biznes-rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Eksport qilinаdigan mamlakatlar tomonidan tan olingan sertifikatlashtirish organi tanlanadi.
Xo‘jalik xodimlarining malakasini oshirish maqsadida “Organik” standarti talablarini bilish va respublikamizda amaldagi qonunchilik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun AKIS hamda Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazlariga murojaat qilishi kerak.
Organik mahsulotlarni yetishtirishning qanday afzalliklari bor?
Ishlov berilayotgan ekin maydonlarida tuproq sifati saqlanib qoladi, sifat darajasi yildan-yilga oshib boradi, yerning foydalanishdan chiqishining oldi olinadi, uning sifatini tiklash uchun sarflanadigan moliyaviy mablag‘ va vaqt tejaladi.
Yetishtirilgan mahsulotlarning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari me’yorlarga muvofiqligini ta’minlovchi ishlab chiqarish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Savdo operatorlari va iste’molchilar tomonidan mahsulotlarga bo‘lgan ishonch va talab ortadi.
Agrotexnologik va qayta ishlash texnologik jarayonlarining shaffofligi yuksalib boradi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan izma-iz nazorat tizimini takomillashtirish natijasida eksport geografiyasi kengayadi, mahsulotga xalqaro bozorda ishonch ortadi.
Organik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi innovatsion g‘oyalar asosida tejamkor va yuqori texnologiyali ishlanmalarga talab ortib boradi, bu esa, o‘z navbatida, olimlar oldida yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Maqsad – organik mahsulotlar ichki va xalqaro bozorlarda barqaror o‘ringa ega bo‘lishi. Infratuzilma (yordamchi tovarlar ishlab chiqarish, servis xizmatlari) rivojlanadi. Aholining yuqumli bo‘lmagan kasalliklari soni kamayadi. Xalqaro maydonda kutilmagan (fors-major) vaziyatlar yuzaga kelganda, eksport geografiyasiga o‘zgartirishlar kiritish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: